Budjetnoma 2024-2026 mavzusida va mahalliy budjet xarajatlariga doir axborot
2025-11-13 11:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida”gi 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1011-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining “Xonqa tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 27-dekabrdagi VII-5-018-12-175-K/24-sonli qarori bilan tuman mahalliy budjeti daromadlari 128356,1 mln so‘m, xarajatlari 128356,1 mln so‘m miqdorida tasdiqlangan.
Tuman mahalliy budjetiga tushadigan soliq turlaridan aylanmadan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yuridik shaxslarning yer solig‘i, qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdan aksiz solig‘ining 50 foizi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 64 foizi miqdoridagi soliq va tushumlar tuman mahalliy budjetida qoladigan daromadlari hisoblanadi.
Tuman mahalliy budjet daromadlarining 2025-yilning 9-oylik uchun belgilangan prognoz rejasi 87690,7 mln so‘m bo‘lib, haqiqatda budjet daromadlari tushumi 92079,9 mln so‘mni tashkil qildi. Belgilangan prognoz rejaga nisbatan 4389,3 mln so‘mga ortiqcha yoki 105,0 foizga bajarildi. Shu jumladan,
2025 yilning 3-choragida budjet daromadlari prognoz rejasi 28180,5 mln so‘m bo‘lib, haqiqatda tushum 31192,9 mln so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan
3012,4 mln so‘mga yoki 110,7 foizga oshirib bajarildi. Bunda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari joriy yil 3-chorakda
931,1 mln so‘mni, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqini sotishdan tushgun tushum 657,1 mln so‘mni, xususiylashtirishdan tushgan tushum 7,8 mln so‘mni tashkil qildi.
Tuman mahalliy budjet xarajatlarining 2025-yilning 9-oylik aniqlangan rejasi 118055,5 mln so‘m bo‘lib, haqiqatda qilingan xarajatlar 114753,7 mln so‘mga ijro qilindi.
Jumladan, 1-guruh xarajatlar (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar va ijtimoiy nafaqalar) ning aniqlangan rejasi 32450,6 mln so‘m bo‘lib, kassa xarajati 31718,2 mln so‘mga ijro qilindi. 2-guruh xarajatlari (ijtimoiy soliq) aniqlangan rejasi 8030,7 mln so‘m bo‘lib, kassa xarajati 7827,5 mln so‘mga ijro qilindi.
4-guruh xarajatlari (boshqa xarajatlar) aniqlangan rejasi 77574,2 mln so‘m bo‘lib, kassa xarajati 75208,0 mln so‘mga bajarildi.
Tumandagi budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari har oyning
1-5 sanalarida, avans to‘lovlari 15-18 sanalarida moliyalashtirilishi ta’minlandi.
Xonqa tuman mahalliy budjetining 2025-yil boshiga shakllangan erkin qoldig‘i 1541,8 mln so‘mni tashkil qildi. 2025-yil 9 oyda Xalq deputatlari Xonqa tuman kengashining qarorlariga asosan 1538,3 mln so‘m ajratildi. Jumladan, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga 462,5 mln so‘m, “Ayollar daftari” jamg‘armasiga 50,0 mln so‘m va boshqa xarajatlar uchun
1025,8 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.
2025-yil 3-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi 1416,3 mln so‘mni tashkil qildi. Xalq deputatlari tuman kengashining qarorlariga asosan 1415,6 mln so‘m ajratildi. Jumladan, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga
424,9 mln so‘m va boshqa xarajatlar uchun 990,7 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.
Xonqa tuman mahalliy budjetining Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar 2025-yil 3-chorakda 931,1 mln so‘m bo‘lib, Xalq deputatlari Xonqa tuman kengashining qarorlariga asosan 931,1 mln so‘m ajratilgan.
Xonqa tuman mahalliy budjetining zahira jamg‘armasi joriy yilda
1752,7 mln so‘m bo‘lib, yil boshidan tuman hokimining farmoyishlariga asosan 1378,4 mln so‘m ajratilgan.
