Transport nazorati inspeksiyasining rasmiy saytidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma
1. Saytga kirish
Transport nazorati inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga kirish uchun Internet brauzerlarni birini ishga tushirish va brauzerning manzillar qatoriga https://gov.uz/oz/uztn elektron manzilni kiritishingiz lozim. Sayt orqali inspeksiya faoliyati, normativ hujjatlar, davlat xizmatlari, yangiliklar va murojaatlar bilan bog‘liq ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Transport nazorati inspeksiyasining rasmiy saytida 7 ta asosiy bo‘lim, ushbu bo‘limlar tarkibida jami 60 ga yaqin ichki sahifa va kichik bo‘limlar mavjud.
2. Asosiy bo‘limlar
“Inspeksiya haqida”
Ushbu bo‘limda:
- Inspeksiya nizomi;
- Tashkilot tuzilmasi;
- Rahbariyat;
- Markaziy apparat;
- Hududiy boshqarmalar;
- Bo‘sh ish o‘rinlari;
- Qabul kunlari;
- Yillik ish rejalari bilan tanishish mumkin.
“Faoliyat”
Bo‘limda:
- Statistik ma’lumotlar;
- Targ‘ibot materiallari;
- Tanlov va tenderlar;
- Korrupsiyaga qarshi kurash;
- Xalqaro hamkorlik;
- Yoshlar siyosati;
- Gender tenglik masalalariga oid ma’lumotlar joylashtirilgan.
“Davlat xizmatlari”
Mazkur bo‘lim orqali:
- Savol-javoblar;
- Onlayn xizmatlardan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar;
- Interaktiv xizmatlar statistikasi bilan tanishish mumkin.
“Hujjatlar”
Bo‘lim quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga oladi:
- Qonunlar;
- Prezident farmon va qarorlari;
- Vazirlar Mahkamasi qarorlari;
- Texnik hujjatlar;
- Idoraviy me’yoriy hujjatlar;
- Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari.
“Raqamli hukumat”
Ushbu bo‘limda:
- Interaktiv xizmatlar;
- Qayta aloqa;
- Murojaat holatini tekshirish;
- Ochiq ma’lumotlar;
- Murojaatlar statistikasi;
- Moliyaviy hisobotlar;
- Faoliyat hisobotlari mavjud.
“Axborot xizmati”
Bo‘limda:
- Yangiliklar;
- E’lonlar;
- Press-relizlar;
- Matbuot anjumanlari;
- Tadbirlar taqvimi;
- Rahbariyat nutqlari e’lon qilib boriladi.
“Bog‘lanish”
Ushbu bo‘lim orqali:
- Tashkilot kontaktlari;
- So‘rovnomalar;
- Korrupsiyaga oid murojaatlar;
- Murojaatlar statistikasi bilan tanishish mumkin.
3. Murojaat yuborish tartibi
- “Raqamli hukumat” yoki “Bog‘lanish” bo‘limiga o‘ting.
- “Qayta aloqa” xizmatini tanlang.
- Kerakli ma’lumotlarni kiriting.
- Murojaat matnini yozib yuboring.
- Murojaat holatini maxsus xizmat orqali kuzatib boring.
4. Yangiliklardan foydalanish
Saytning bosh sahifasidagi “Yangiliklar” bo‘limida Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar, tadbirlar va rasmiy axborotlar muntazam e’lon qilinadi.
5. Aloqa ma’lumotlari
- Ishonch telefoni: +998 71 202-03-02 (442)
- Elektron pochta: devon@uztn.uz
- Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–18:00
Eslatma: Saytdagi ma’lumotlardan tezkor foydalanish uchun bosh menyu va “Sayt xaritasi” xizmatidan foydalanish tavsiya etiladi.
