Xalqaro hamkorlik
2025-06-16 19:55:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov Yaponiyaning sug‘urta sohasida yetakchi kompaniyasi "Aoi Nissay Dova" vakillarini qabul qildi.
Mazkur sug‘urta kompaniyasi yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish, jamoat transporti haydovchilarining haydash sifati va madaniyatini oshirish hamda zamonaviy telematik yechimlar orqali yo‘llarda xavfsizlikni kuchaytirishni maqsad qilgan.
Uchrashuv davomida yangi tizimni joriy etish samaradorligi, real ma’lumotlar asosida muhim qarorlar qabul qilish hamda belgilangan qoidalar doirasida haydash tufayli atmosferaga chiqariladigan gazlar miqdori kamayishiga erishish mumkinligi muhokama qilindi.
Tomonlar tizimni real sharoitlarda sinab ko‘rib, samaradorligini baholash va keng ko‘lamda joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.



