Yölovçilar xavfsizligi — ustuvor vazifa
2026-11-23 15:00:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bölimi xodimlari tomonidan muntazam ravişda nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Bulunğur tumanidagi “Yuqori nuqta” YPX maskanida olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida viloyatlararo yönalişlarda qatnovçi avtobuslarning amaldagi qonunçilik talablariga muvofiq harakatlanişi, taxograf qurilmalarining sozligi, haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimiga rioya etişi hamda yöl varaqalarining töğri rasmiylaştirilgani örganilmoqda.
Şuningdek, yölovçilardan kelib tuşayotgan şikoyat va murojaatlar tezkorlik bilan körib çiqilib, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan tegişli çoralar körilmoqda.
Reyd tadbirlari yölovçilar xavfsizligini ta’minlaş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş va taşuvçilar örtasida qonunçilik talablariga rioya etiş mas’uliyatini oşirişga qaratilgan.



