Transport sohasi mutaxassislari texnikum yoşlari bilan uçraşuv ötkazdi
2026-11-20 11:10:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasining Toşkent şahri va Toşkent viloyati hududiy bölimlari vakillari Yoşlar kuni munosabati bilan Çilonzor tumanida joylaşgan 3-son texnikumiga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida mutaxassislar texnikum öquvçilari va pedagoglar jamoasi bilan oçiq muloqot ötkazişdi. Uçraşuvda transport sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, yöl va transport xavfsizligini ta’minlaş, sohada raqamlaştiriş jarayonlari hamda malakali mutaxassislarga bölgan ehtiyoj haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, öquvçilarning kelgusida kasb tanlaşi, amaliyot ötaşi va transport tizimida faoliyat yuritiş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Tadbir yakunida yoşlarni qiziqtirgan savollarga atrofliça javoblar berildi.


