Yangi qonun mazmun-mohiyati tuşuntirildi
2026-11-17 11:25:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari uçun Özbekiston Respublikasining 2026-yil 21-oktabrdagi ÖRQ-1184-son Qonuni mazmuni va uning ijrosi yuzasidan seminar ötkazildi.
Seminarda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi mas’ul xodimi Azizbek Berdiyev yangi qonunda belgilangan özgarişlar haqida ma’lumot berdi.
Qonunga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi. Jumladan, O‘ o‘ harfi Ö ö, G‘ g‘ harfi Ğ ğ bilan, Sh sh birikmasi Ş ş, Ch ch birikmasi esa Ç ç harflari bilan ifodalanadi.
Tadbir davomida yangi alifboni davlat tilida iş yuritiş, rasmiy yozişmalar va hujjatlarni rasmiylaştirişda qöllaş masalalariga ham e’tibor qaratildi. Şuningdek, qonun kuçga kirguniga qadar amaldagi alifboda rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qolişi, ayrim peşlavha va körsatkiçlardan esa belgilangan tartibda bosqiçma-bosqiç foydalanilişi tuşuntirildi. Qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi.
Seminar xodimlarning davlat tilida iş yuritiş böyiça bilim va könikmalarini oşiriş, qonunçilikdagi yangiliklarni amaliyotda töğri qöllaşga kömaklaşişga xizmat qildi.







