RASMIY MUNOSABAT
2026-11-02 23:25:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridan Yangi Andijon Bobur shahriga 4 yo‘nalishida harakatlanuvchi transport vositalari haydovchilari yo‘l haqqini asossiz, o‘zboshimchalik bilan oshirib olganligi yuzasidan mazkur yo‘nalishda Transport nazorat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari tomonidan reyd va targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Yo‘l haqqi narxini asossiz oshirgan, noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati

