Ijro intizomi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
2026-11-02 22:05:00 / Yangiliklar

Joriy yil yanvar-avgust oylari davomida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan “edo.ijro.uz” yagona elektron tizimidagi topshiriqlarni bajarishlari ustidan nazorat ishlari olib borildi.
“edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (ijro intizomi respublika kartotekasi) orqali bugungi kun holatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 ta Farmoni, 25 ta qarori va 5 ta bayoni (jami 59 ta hujjat) kelib tushgan bo‘lib, mazkur hujjatlardagi jami 206 ta topshiriqlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi va ijroga qaratildi.
Hozirgi kunga qadar jami 141 ta topshiriqlarning ijrosi ta’minlandi. Transport nazorati inspeksiyasi ijrochiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son, 2025-yil 3-noyabrdagi PF-204-son, 2026-yil 20-apreldagi PF-66-son, 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son (11 ta) va 2026-yil 23-sentabrdagi PF-206-son Farmonlarida belgilangan 16 ta topshiriq, 2023-yil 11-iyuldagi PQ-222-son, 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son, 2026-yil 26-maydagi PQ-202-son, 2026-yil 15-sentabrdagi PQ-325-son (3 ta) va 2026-yil 21-sentabrdagi PQ-345-son (3 ta) Qarorlarida belgilangan 9 ta topshiriq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlar bayonida belgilangan 5 ta hamda 2026-yil 15-yanvardagi 02-PA 1/1-135-son chora-tadbirlar dasturida belgilangan 3 ta (2026-yilda jami 17 ta topshiriq) ish jarayonida.
