Halollik va shaffoflik — faoliyat mezoni
2026-10-29 23:55:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir xodimning mas’uliyati yuzasidan fikr almashildi.
Seminar doirasida hududiy bo‘limdagi ichki muhitni o‘rganish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda ularning mazkur yo‘nalishdagi xabardorligini baholash maqsadida test sinovlari va anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.
Mazkur tadbir xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, xizmat faoliyatida halollik va xolislik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga xizmat qiladi.

