DIQQAT: ANONIM SO‘ROVNOMA!
2026-10-29 22:10:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholi va keng jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada ishtirok etish orqali Siz o‘z fikr-mulohazalaringiz, taklif va tavsiyalaringizni bildirishingiz, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.
So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi va ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari talab etilmaydi. Bildirilgan fikrlar umumlashtirilgan holda tahlil qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishda foydalaniladi.
So`rovnomaga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin.
Sizning fikringiz — samarali nazorat, ochiqlik va korrupsiyadan xoli faoliyat sari muhim qadam!
