“Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi
2026-10-21 18:00:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasida xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida xodimlar ishtirokida kitobxonlik tashkil etilib, turli janrdagi badiiy va ma’rifiy asarlar mutolaa qilindi. Ishtirokchilar o‘qigan kitoblari mazmuni, ulardan olgan taassurotlari hamda asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, kitobxonlik jarayonida mutolaaning inson tafakkuri, ma’naviy kamoloti va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, kitob insonning bilimini oshiruvchi, tafakkurini charxlovchi va ma’naviyatini yuksaltiruvchi bebaho manbadir. Kitob mutolaasi xodimlarning nafaqat shaxsiy kamoloti, balki kasbiy salohiyati va nutq madaniyatini rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi.
Tadbir yakunida kitobxonlikni muntazam davom ettirish, xodimlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda kitobga mehr uyg‘otishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni izchil tashkil etish muhimligi qayd etildi.




