Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
2026-10-21 12:50:00 / Yangiliklar

Transport vazirligi hamda Transport nazorati inspeksiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari tomonidan inspeksiya xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminar davomida tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi, xizmat faoliyati davomida halollik va xolislik tamoyillariga amal qilishi hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

