Navoiy viloyatida sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-10-13 22:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 15-oktabr kuni soat 12:00 da Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Usmanov tomonidan Navoiy viloyatida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etiladi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
📍 Manzil: Yoshlar markazi binosi. Navoiy shahri, Me’morlar ko‘chasi, 42 B-uy,
Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
