Yo‘l qurilishida sifat va qonuniylik ustuvor
2026-10-13 21:40:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida viloyat hududida yangidan qurilayotgan va ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘llarida qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish, inspektorlar tomonidan xizmat vazifalarining bajarilishi hamda nazorat jarayonlarida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yo‘l qurilish obyektlarida nazorat tadbirlarini amalga oshirishda xolislikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, inspektorlarning xizmat intizomiga rioya etishi hamda o‘z vakolatlarini mas’uliyat bilan bajarishi muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish samaradorligini oshirish, inspektorlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, nazorat jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


