#Murojaatdan_natijaga
2026-10-13 21:40:00 / Yangiliklar

MUROJAAT NAZORATGA OLINDI: QAZILGAN HUDUD QAYTA ASFALTLANDI
Transport nazorati inspeksiyasiga OAV orqali Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida olib borilgan qazish ishlaridan so‘ng yo‘l qoplamasi avvalgi holatiga keltirilmagani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
📍 Mazkur murojaat asosida Yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish boshqarmasining Toshkent shahri hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish natijasida qazish ishlari belgilangan tartibga zid ravishda amalga oshirilgani hamda qazilgan hudud belgilangan muddatda qayta tiklanmagani aniqlandi. Qonunbuzilish holatlari yuzasidan ma’muriy choralar ko‘rildi.
✅ Natijada qazish ishlari olib borilgan hududda asfalt qoplamasi qayta yotqizilib, yo‘lning avvalgi holati tiklandi.
📌 Hurmatli fuqarolar! Yo‘llarda qazish ishlari olib borilib, qoplama belgilangan muddatda tiklanmagani yoki shunga o‘xshash holatlarga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda befarq bo‘lmang!
📲 Transport nazorati inspeksiyasining maxsus aloqa boti — @tni_murojaat_bot orqali xabar bering.
Sizning murojaatingiz qonunbuzilishlarning o‘z vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishiga xizmat qiladi!


