Transport universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-10-05 10:55:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Axborot xizmati boshlig‘i Firdavs Xayriddinov hamda Inspeksiyaning Toshkent shahri hududiy bo‘limlari rahbarlari Transport universiteti talabalari bilan uchrashishdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad talabalarga transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada nazorat tizimi, Inspeksiyaning asosiy vazifa va vakolatlari haqida batafsil ma’lumot berish, shuningdek, yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida transport sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, yo‘lovchi va yuk tashish xavfsizligini nazorat qilish, transport xizmatlari sifatini oshirish hamda sohada zamonaviy nazorat mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarga Inspeksiya tizimidagi faoliyat yo‘nalishlari, sohaga zamonaviy yondashuvlar, mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar hamda transport sohasida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida tushunchalar berildi.




