Yoshlar — kelajagimiz bunyodkorlari!
2026-09-28 09:20:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan Transport nazorati inspeksiyasining Avtomobil va suv transportida nazorat yo‘nalishi bo‘yicha Jizzax viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan ochiq va qiziqarli muloqot o‘tkazilib, yo‘l harakati xavfsizligi, transport vositalaridan foydalanish madaniyati va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishning muhim jihatlari haqida fikr almashildi.
🚦 Ayniqsa, yoshlarning yo‘l harakati ishtirokchisi sifatidagi mas’uliyati, ehtiyotkorlik va xavfsizlikka amal qilish borasida foydali tavsiyalar berildi.
💬 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olib, transport nazorati inspeksiyasi faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
✨ Bunday uchrashuvlar yosh avlodning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishlariga xizmat qiladi.
Yoshlar — yurtimiz kelajagi! Ularning har bir ezgu qadami esa Vatan taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir!


