SURXONDARYODA SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI
2026-09-25 16:00:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Usmanov tomonidan fuqarolar, transport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tashuvchilarning murojaatlarini bevosita tinglash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini topish maqsadida Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📅 Sana: 25-sentabr
⏰ Vaqti: 10:00
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi.
Termiz shahri, Do‘stlik mahallasi, Taraqqiyot ko‘chasi, 42-“A” uy,
☎️ Murojaat uchun telefon: +998915897676
Sayyor qabulda transport sohasiga oid masalalar, muammolar, taklif va murojaatlar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!
