E’LON Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-09-25 12:10:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar!
Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Usmanov tomonidan fuqarolar, transport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, tashuvchilarning murojaatlarini bevosita eshitish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini topish maqsadida sayyor qabul o‘tkaziladi.
📅 Sana: 24-sentyabr
🕛 Vaqt: soat 12:00
📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi binosi
Qarshi shahri, G‘uzor ko‘chasi, 12-uy
Murojaat uchun telefon: +998908702300
Barcha fuqarolar, tadbirkorlar va transport sohasi vakillarini sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Murojaatingiz — e’tiborimizda!
