Temir yo‘l sohasida yoshlarning o‘rni va istiqbollari
2026-09-11 17:12:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Sergeli” stansiyasida Transport nazorati inspeksiyasining Temir yo‘l transportida nazorat Toshkent shahar hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O. Kurbanazarov hamda yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, temir yo‘l transporti sohasida yosh mutaxassislarning o‘rni va kelgusidagi vazifalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, mehnat faoliyatida mas’uliyat va tashabbuskorlikni kuchaytirish, sohada zamonaviy bilim va texnologiyalarni samarali qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida yanada faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

