Milliy qadriyatlar — davlat xizmatining mustahkam poydevori
2026-09-08 15:00:00 / Yangiliklar

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida Transport nazorati inspeksiyasida “Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Rahbar kadrlarni baholash markazi hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti vakillari ishtirok etib, mazmunli ma’ruzalar bilan qatnashdilar.
Seminar davomida Vatanga sadoqat, xalq manfaatlariga xizmat qilish, halollik, mas’uliyat, fidoyilik va yuksak ma’naviyat kabi fazilatlarning davlat xizmati samaradorligidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining kasbiy va ma’naviy salohiyatini oshirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Batafsil...


