Rasmiy munosabat
2026-09-03 17:30:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch-Begovot” yo‘nalishida yo‘l haqi oshirilgani yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi.
ShAY-219-sonli “Urganch sh.-Begovot” avtobus yo‘nalishi 2026-yil 9-iyundan 2027-yil 9-iyungacha “MUXAMMAD DOSTON YO'LOVCHI TRANS” MChJga tegishli 2 ta avtobusga amalga oshirish huquqi berilgan. “Urganch sh.-Begovot” avtobus yo‘nalishining umumiy masofasi 22,7 kmni tashkil etadi. 240-sonli ommaviy oferta shartnomasiga asosan 1 km uchun 230 so‘m yo‘l haqqi belgilangan. Shunga asosan 22,7*230=5221 so‘m yo‘l haqqi hisoblangan.
Avtomobil transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari tomonidan Xorazm viloyatdagi barcha yo‘nalishlarda reja grafik asosida reyd hamda profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilda “Urganch-Begovot” yo‘nalishida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 7 ta haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Shuningdek, hozirgi kunda xabarda nomi keltirilgan “Urganch-Begovot” yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan hamda ushbu yo‘nalishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan “DAMAS” rusumli avtotransportlariga muntazam ravishda reyd tadbirlari olib borilib, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati

