Tadbirkorlar uchun muhim seminar-trening
2026-09-03 16:35:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasining Yo‘l-qurilish ishlarini nazorat qilish hamda Avtomobil transportida nazorat boshqarmasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlar ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyati davomida rioya etishi lozim bo‘lgan majburiy talablar to‘g‘risidagi huquqiy bilim va xabardorligini oshirish, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarni tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammoli masalalar muhokama qilinib, ularni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bunday seminar-treninglarning muntazam tashkil etilishi tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, majburiy talablarga rioya etish madaniyatini shakllantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qonuniy va samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

