Topshiriqlar ijrosi nazoratda
2026-08-28 16:16:00 / Yangiliklar

Joriy yil yanvar-avgust oylari davomida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan “edo.ijro.uz” yagona elektron tizimidagi topshiriqlarni bajarishlari ustidan nazorat ishlari olib borildi.
“edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (ijro intizomi respublika kartotekasi) orqali bugungi kun holatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 ta Farmoni, 23 ta qarori va 5 ta bayoni (jami 55 ta hujjat) kelib tushgan bo‘lib, mazkur hujjatlardagi jami 110 ta topshiriqlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi va ijroga qaratildi.
Hozirgi kunga qadar jami 104 ta topshiriqlarning ijrosi ta’minlandi. Transport nazorati inspeksiyasi ijrochiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son, 2025-yil 3-noyabrdagi PF-204-son, 2026-yil 20-apreldagi PF-66-son, 2026-yil 24-fevraldagi PF-29-son Farmonlarida belgilangan 5 ta topshiriq, 2023-yil 11-iyuldagi PQ-222-son va 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son, 2026-yil 26-maydagi PQ-202-son, 2026-yil 15-iyuldagi PQ-265-son (2 ta) Qarorlarida belgilangan 5 ta topshiriq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlar bayonida belgilangan 2 ta hamda 2026-yil 15-yanvardagi 02-PA 1/1-135-son chora-tadbirlar dasturida belgilangan 3 ta (2026-yilda jami 17 ta topshiriq) ish jarayonida.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati
