Yoshlar — yurtimizning ertangi kuni
2026-08-28 14:57:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Ergash Murodov Samarqand shahridagi avtomobil maktabida yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yoshlarning avtomobil transporti sohasiga qiziqishi, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishi, transport vositalarini boshqarishda yuksak mas’uliyat va madaniyatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Yoshlarga kelgusida tanlagan kasbi bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lib yetishish, o‘z ustida muntazam ishlash, bilim va tajribalarini oshirish muhimligi ta’kidlandi.


