Qonuniylik va shaffoflik yo‘lida nazorat tadbirlari
2026-08-27 16:25:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hududida transport sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va ularga barham berish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlariga Avtomobil transportida nazorat Toshkent shahri hududiy bo‘limi xodimlari ham jalb qilinib, yo‘lovchi va yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan transport vositalari haydovchilari faoliyati o‘rganildi.
O‘tkazilgan reydlar davomida transport sohasida belgilangan talab va qoidalarga rioya etilmagan holatlar aniqlanib, qayd etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.
Mazkur nazorat tadbirlari transport sohasida qonuniylikni ta’minlash, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, xizmat vazifalarini vijdonan va qonun talablari asosida bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.



