Qonunchilikdagi yangiliklar — e’tibor markazida
2026-08-13 17:00:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasida xodimlarga "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda mazkur Konstitutsiyaviy Qonunning asosiy mazmuni, Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, qonunda belgilangan yangi yondashuv va normalarning davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishdagi ahamiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini ta’minlash hamda o‘z xizmat vazifalarini amaldagi qonunchilik talablari asosida samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashib, muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.





