Shaxmat taxtasida eng kuchlilar aniqlandi
2026-08-25 15:16:00 / Yangiliklar

Toshlent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” shaxmat bo‘yicha ochiq chempionatining final bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida o‘tkazilgan musobaqada vazirlik va idoralar, aksiyadorlik jamiyatlarining markaziy apparatlari xodimlaridan 120 nafardan ortiq ishtirokchi FIDE qoidalari asosida 11 tur davomida bahslashdi.
Mazkur musobaqada Transport nazorati inspeksiyasining shaxmat bo‘yicha ichki turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari G‘olib Nurmatov munosib ishtirok etdi. G‘.Nurmatov chempionat davomida 4 nafar raqibini mag‘lub etishga erishdi.
Qizg‘in kechgan bahslarda g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — Farrux Rajabov (“O‘zavtosanoat” AJ)
2-o‘rin — Davron Sulaymonov (“Asakabank” AJ)
3-o‘rin — Sherbek Xurramov (Ichki ishlar vazirligi)
G‘oliblarga mos ravishda 130 mln, 100 mln va 70 mln so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.
Musobaqa “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilib, xodimlar o‘rtasida sportga qiziqish va sog‘lom raqobat muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.




