Kiberxavflarga qarshi eng kuchli himoya — bilim va hushyorlik
2026-08-25 15:02:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi xodimlarining axborot xavfsizligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy kiberxavf va tahdidlar to‘g‘risidagi xabardorligini kuchaytirish hamda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Click” aksiyadorlik jamiyati mas’ullari ishtirokida Inspeksiyada o‘quv-amaliy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.
Seminar davomida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikning asosiy talablari, zamonaviy kiberxavf va tahdidlar, kiberhujumlarning oldini olish hamda ulardan himoyalanish usullari, kiberfiribgarlik holatlarining oldini olish, xizmatga oid axborotlarni himoya qilish, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va raqamli xizmatlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha xodimlarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xodimlarga kundalik faoliyatida duch kelishi mumkin bo‘lgan kiberxavf va tahdidlar, xususan, fishing hujumlari, zararli dasturiy ta’minot, shubhali havolalar va elektron xabarlar, ijtimoiy muhandislik usullari hamda axborot tizimlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Batafsil...


