Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-08-21 17:14:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasining Avtomobil transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i S. Kazbekov hamda Suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi bosh inspektori A. Srimbetovlar Nukus shahridagi avtomaktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga avtomobil va suv transportidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish hamda transport vositalarini boshqarishda mas’uliyatli bo‘lishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, transport vositalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, belgilangan talab va me’yorlarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat davomida yoshlarning taklif va savollari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

