Yoshlar bilan muloqot – taraqqiyot va rivojlanish omili
2026-08-11 15:36:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Toshkent elektr ta’minoti masofasi” filialida yosh xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Transport nazorati inspeksiyasining Temir yo‘l transportida nazorat Toshkent shahar hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O. Kurbanazarov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning jamiyat va ishlab chiqarishdagi o‘rni, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, mehnat intizomiga rioya qilish hamda temir yo‘l transporti sohasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yosh xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda kelgusidagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarni Vatanga sadoqat, kasbga mas’uliyat va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.


