Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi
2026-08-06 15:11:00 / Yangiliklar

“Harakat xavfsizligi kuni” doirasida “Temiryo'linfratuzilma” AJ Qarshi vagon ekspluatatsiya uchastkasi filialida Transport nazorati inspeksiyasining Temir yo‘l transportida nazorat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi bosh inspektori A.Umirov hamda Qarshi vagon ekspluatatsiya uchastkasi filiali boshlig‘i J.Bozorov ishtirokida ishchi-xodimlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi “Ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1118-son Qonunining mazmun-mohiyati hamda unda nazarda tutilgan asosiy o‘zgarishlar ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.
