Tadbirkorlar murojaatlari va takliflari atroflicha o‘rganildi
2026-08-05 15:49:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlari hamda takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish maqsadida Transport nazorat inspeksiyasining Temir yo‘l transportida nazorat Buxoro viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i A. Qosimov, Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbariyati hamda Navoiy viloyati hududidagi faoliyat yuritayotgan shaxobcha temir yo`liga ega bo`lgan tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yuk tashish jarayonlarini yanada takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, logistika jarayonlarini soddalashtirish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va murojaatlar tinglandi.
Har bir masala yuzasidan batafsil muhokamalar o‘tkazilib, ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar belgilab berildi.
Ochiq, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv tadbirkorlik subyektlari bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, temir yo‘l transporti xizmatlari sifatini yuksaltirish hamda yuk tashish jarayonlarida qulay va zamonaviy sharoitlarni yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


