Nukusda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-08-04 14:35:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasining Suv transportida nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi xodimlari ishtirokida Nukus avtotest markazida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, suv transporti xavfsizligini ta’minlash, qonunchilik talablariga rioya etish hamda sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi, qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi. Uchrashuv yoshlarning huquqiy ongi va kasbiy qiziqishini oshirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda transport sohasiga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.


