Yo‘l harakati xavfsizligi masalalari yoshlar bilan muhokama qilindi
2026-07-24 17:22:00 / Yangiliklar

Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan “Transkasb hunar” MCHJ avtomaktabida tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Transport nazorati inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i M.Anyozov hamda Xorazm viloyati transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i J.Nazirov ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib bordilar.
Tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari, haydovchilarning mas’uliyati hamda harakat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni mas’uliyatli haydovchi bo‘lish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish va transport madaniyatini yuksaltirish lozimligi tushuntirildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob oldilar. Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning transport sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





