Yosh mutaxassislar bilan samarali muloqot
2026-07-20 14:52:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Usmonov yosh xodimlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida A.Usmonov yosh xodimlarni o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, halollik va fidoyilik tamoyillariga sodiq qolishga chaqirdi. Shuningdek, sohada zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda fuqarolar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish muhim ekani ta’kidlandi.
Yosh xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Ularning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ilgari surilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida yosh mutaxassislarga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilanib, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va tizim rivojiga munosib hissa qo‘shishi uchun har tomonlama ko‘mak berilishi ta’kidlandi.



