Yoshlar bilan muloqot – kelajak sari muhim qadam
2026-07-09 16:54:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l qurilishida nazorat boshqarmasi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Erkin Narmanov Yoshlar kuni munosabati bilan Qarshi tumanidagi 65-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish, ularni Vatanga sadoqat, yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usi ruhida tarbiyalash, shuningdek, yo‘l qurilishi va transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, o‘quvchilarga mas’uliyat, intizom, halollik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlarga o‘z bilim va salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash va mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida tavsiyalar berildi.


