Inspeksiya faoliyati yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-07-09 16:44:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan 2026-yilning 6 oyi yakunlari bo‘yicha press-tadbirlar o‘tkazildi. Dastlab matbuot anjumanida inspeksiya faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bu borada ishlab chiqilgan axborot tizimlari va ularning samaradorligi amaliy misollar orqali tushuntirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1118-son Qonunining mazmun-mohiyati va uning amaliyotda qo‘llanilishi yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi. OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.






