“Yoshlar kuni” munosabati bilan talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi
2026-07-03 17:41:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Transport nazorati inspeksiyasining Avtomobil transportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sh. Ishanov ishtirokida Andijon davlat texnika instituti “Transport logistikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Avtomobilsozlik va transport” fakultetining Yo‘l harakatini tashkil etish ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, transport sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport qonunchiligiga rioya etish, kasbiy mas’uliyatni oshirish hamda yosh mutaxassislarning sohadagi o‘rni va istiqbollari haqida atroflicha so‘z yuritildi.


