Yoshlar – sohaning ertangi kuni
2026-07-03 17:38:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan “Temiryo‘linfratuzilma” AJning “Toshkent temir yo‘l masofasi” filialida Transport nazorati inspeksiyasining Temir yo‘l transportida nazorat Toshkent shahar hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O. Kurbanazarov hamda yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda temir yo‘l transporti sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va qonunchilikka hurmat ruhida tarbiyalash, mehnat intizomiga rioya etish hamda transport xavfsizligini ta’minlashda har bir xodimning o‘rni va mas’uliyati xususida fikr almashildi.
Tadbir yakunida yosh xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan batafsil javob oldilar hamda kelgusida kasbiy mahoratni oshirish, xizmat faoliyatida fidoyilik va tashabbuskorlikni namoyon etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Uchrashuv ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tdi.

