Rasmiy munosabat
2026-07-01 17:48:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrining 33-sonli yo‘nalishida yo‘l haqi sun’iy ravishda 15 000–20 000 so‘mgacha oshirilayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mazkur holatlar yuzasidan reyd va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Murojaat asosida Transport nazorati inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari tomonidan yo‘l haqini asossiz oshirgan hamda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan haydovchilar aniqlandi.
Qonunbuzarlik sodir etgan haydovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, yo‘l haqi belgilangan tariflar asosida undirilishini ta’minlash hamda bunday holatlarning oldini olish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi
Axborot xizmati

