Mening otam — davlat xizmatchisi
2026-06-23 16:47:00 / Yangiliklar

Har bir farzand uchun ota — hayotdagi eng yaqin inson, ishonch va suyanch, ibrat va namuna hisoblanadi. Ayniqsa, o‘z mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan ota farzand qalbida alohida faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.
Transport nazorati inspeksiyasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlari ishtirokida tayyorlangan videorolik ana shunday samimiy tuyg‘ular ifodasiga aylandi.
Davlat xizmati katta mas’uliyat, yuksak bilim va fidoyilikni talab qiladi. Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari transport sohasida qonunchilikka rioya etilishi va tizim samaradorligini oshirish yo‘lida o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelmoqda. Ularning bu mehnati esa nafaqat jamoa, balki oila a’zolari, ayniqsa farzandlari tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Farzandlar qalbidagi eng samimiy e’tirof esa bir fikrda mujassam: “Mening otam — davlat xizmatchisi va men u bilan faxrlanaman!”




