Inspektorning bir kuni
2026-06-23 16:38:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasi inspektorining har bir ish kuni mas’uliyat, hushyorlik va fidoyilik talab etadi. Amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, tashuvchilar ishtirokida profilaktik tadbirlar olib borish, transport xizmatlari sifatini o‘rganish — uning kundalik vazifalaridandir.
Mazkur rolikda inspektorning bir kunlik faoliyati, nazorat-reyd tadbirlari, xizmat jarayonidagi mas’uliyatli vazifalari, transport sohasida xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi mehnati va erishgan yutuqlari aks ettirilgan.
Transport tizimidagi tartib va xavfsizlik ortida minglab mas’ul xodimlarning fidokorona mehnati mujassam. Ularning sa’y-harakatlari yo‘lovchilar va tashuvchilar uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Rolikni tomosha qiling va Transport nazorati inspeksiyasi inspektorining bir kunlik faoliyati bilan yaqindan tanishing. Batafsil...



