Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan reydlar davom etmoqda
2026-06-22 17:00:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida va Samarqand muntazam YPX maskanida reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reydlar davomida xodimlarning xizmat intizomi hamda tashuvchilarning amaldagi qonunchilik hujjatlari va belgilangan tartib-qoidalarga rioya etishi o‘rganildi.
Jumladan, tashuvchilar bilan amaldagi qoida va qonunlarga qat’iy amal qilish, yo‘lovchi va yuk tashish jarayonlarida xavfsizlik talablarini ta’minlash, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida mas’ul xodimlar va tashuvchilarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, xizmat vazifalarini halol va xolis bajarish, fuqarolar bilan muloqotda qonuniylik tamoyillariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Transport nazorati inspeksiyasi tizimida korrupsiyaning oldini olish, xizmat faoliyati shaffofligini ta’minlash hamda sohada qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan bunday tadbirlar muntazam ravishda davom ettiriladi.




