Oqdaryoda yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-06-19 15:50:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l qurilishi ishlarini nazorat qilish boshqarmasi Samarqand viloyati hududiy bo‘limi bosh inspektori Zarifxon Islomov tomonidan Oqdaryo tumani 2-son texnikumi binosida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar egallash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda transport va yo‘l qurilishi sohasidagi istiqbolli kasblar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kelgusidagi maqsad va rejalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
