Aholi murojaatlari e’tiborda
2026-06-18 16:54:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati transport boshqarmasi hamda Transport nazorat inspeksiyasi mas’ul xodimlari bilan Yangiqo‘rg‘on tuman avtostansiya binosida aholini mavjud muammolarini aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 8 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaatlaridan 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 ta murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qilganligi uchun ijroga qaratildi.
Viloyat transport boshqarmasi hamda Transport nazorati inspeksiyasining Namangan viloyati hududiy bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi ishlar davom etmoqda.




