Transport nazorati inspeksiyasi yoshlarini birlashtirgan Shafran festivali
2026-06-17 17:00:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlar uchun Shafran yoshlar oromgohida madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida ishtirokchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, intellektual tanlovlar, seminar-treninglar va madaniy dasturlar o‘tkazildi. Shuningdek, sportning futbol, voleybol, stol tennisi, armrestling, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Unda inspeksiyaning markaziy apparati hamda hududiy bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar faol ishtirok etdi.
Sport bahslarining yakuniy qismida inspeksiya markaziy apparati, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy bo‘limlari xodimlari hamda yoshlardan tarkib topgan 4 ta jamoa futbol maydonida o‘zaro kuch sinashdi. Murosasiz va qiziqarli kechgan final uchrashuvida yosh xodimlar markaziy apparat vakillariga munosib qarshilik ko‘rsatib, asosiy vaqtni 3:3 hisobida yakunlashdi.
G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda tajriba ustun kelib, markaziy apparat jamoasi raqiblarini mag‘lub etgan holda musobaqaning bosh sovrini sohibiga aylandi.Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar va g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi. Batafsil...



