Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-06-12 12:00:00 / Yangiliklar

Transport nazorati inspeksiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas’ullari tomonidan Navoiy viloyati hududiy bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari, korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xodimlarning kasbiy faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, xizmat odobi va etika qoidalarga qat’iy rioya etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda halollik tamoyillarini yanada mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Seminar yakunida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish muhim vazifa ekanligi qayd etildi.



