XALQARO TASHUVLARDA “DAZVOL” OLISH TARTIBI YANGILANADI
2026-05-14 15:00:00 / Yangiliklar

Avval xabar qilinganidek, 2026-yil 25-mart kuni “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qarorga muvofiq, avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish uchun ruxsatnomalarni ayirboshlash, berish hamda ulardan foydalanishning yangi tartibi belgilandi.
Yangi tartib 2026-yil 1-iyundan boshlab amaliyotga joriy etiladi.
Avtomobil tashuvlarini tashkil etish, litsenziyalash va ruxsatnoma berish boshqarmasi boshlig‘i U.Iminov qarorning asosiy jihatlari hamda yangi tartibning xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Milliy tashuvchilar uchun muhim ma’lumotlar jamlangan to‘liq videoni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining YouTube sahifasida tomosha qilish mumkin.
📸 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining YouTube kanali
