Milliy kurashda sof sport, sog‘lom tanlov - O‘zbekiston Kurash federatsiyasi sportchilari uchun seminar tashkil etildi
2025-10-06 12:45:00 / Yangiliklar
“Doping haqida tushuncha, sportchi salomatligiga salbiy taʼsiri va oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan “Doping haqida tushuncha, sportchi salomatligiga salbiy taʼsiri va oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Kurash federatsiyasi raisi o‘rinbosari boshchiligida 50 dan ortiq yetakchi sportchilar, murabbiylar va masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Agentlik xodimlari tomonidan dopingning sportdagi o‘rni, uning inson organizmiga taʼsiri, antidoping qoidabuzarliklari ortidan yuzaga keladigan oqibatlar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, sportchilarga dopingdan voz kechish nafaqat shaxsiy salomatlik, balki sportdagi obro‘ va kelajak uchun ham muhim ekanligi taʼkidlandi.






